KAMBAG‘AL OILALAR FARZANDLARI DAVLAT BOG‘CHALARIGA IMTIYOZLI ASOSDA QABUL QILINADI
2025-yil 1-yanvardan kambag'al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi; 2025-2026-o'quv yilidan, kambag'al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi; 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan kambag'al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi. Shuningdek, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida: kambag'al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi; tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so'mgacha bo'lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko'chma do'konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI
personmaftuna 19-03-24, 00:52Soliq organlari quyidagilarga haqli: soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab...
ISSIQXONA GAZLARINING CHIQARILISHI CHEKLANADI
personmaftuna 08-08-25, 14:39O‘zbekiston Respublikasining 07.07.2025-yildagi “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi...
TALABALARGA TURAR-JOY IJARASI UCHUN PUL BERILADI
personmaftuna 12-12-24, 02:18Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan...