ISSIQXONA GAZLARINING CHIQARILISHI CHEKLANADI
O‘zbekiston Respublikasining 07.07.2025-yildagi “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘RQ–1073-sonli qonuni qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat hisobini yuritish;
maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash;
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash.
Shuningdek, yuridik shaxslar, YaTT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.
O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to‘liq tasarruf etiladi.
"Yashil" loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reestriga kiritiladi.
Bundan tashqari, Qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MUSODARA QILISH
personmaftuna 29-05-24, 02:57Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara...
INSON HUQUQLARI BO’YICHA OMBUDSMAN HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 22-03-25, 11:33O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat...
AYRIM FUQAROLARGA GAZ VA ELEKTR IST’EMOLI UCHUN
personmaftuna 29-06-24, 09:20Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yil kungi 204-son qarori qabul qilindi. ▪️Qarorga ko‘ra: “Ijtimoiy himoya yagona...
