AYRIM FUQAROLARGA GAZ VA ELEKTR IST’EMOLI UCHUN KOMPENSATSIYA TO‘LAB BERILADI
Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yil kungi 204-son qarori qabul qilindi.
▪️Qarorga ko‘ra:
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi xamda yagona reestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar toifasidagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi va mazkur ehtiyojmand oilalar uchun isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:
noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi.
Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
QISHLOQ ХOʻJALIGIDA HOSILDORLIK QANDAY OSHIRILADI?
personmaftuna 19-05-25, 01:53Prezidentning 28.03.2025-yildagi "Qishloq х oʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot...
REIMBURSATSIYA DASTURI ASOSIDA BERILGAN DORILARNING QIYMATI
personmaftuna 14-06-25, 02:48Hukumat Qarori (619-son, 02.10.2024-y.) bilan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari...
PREZIDENT TOMONIDAN IMZOLANGAN O‘RQ–887-SON BILAN FUQAROLIK
personmaftuna 19-11-24, 21:36Qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy...