Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI URUG‘LIKLARINING SIFATINI BAHOLASH TIZIMI TUBDAN ISLOH QILINADI

QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI URUG‘LIKLARINING SIFATINI BAHOLASH TIZIMI TUBDAN ISLOH QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2025-yildagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baҳolash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-109-sonli farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urug‘liklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar reestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi. 

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baҳolovchi yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilandi. 

2026-yil 1-yanvardan Bojxona qo‘mitasi tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.

 

2026-yildan QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini realizatsiya qilgan tadbirkorlarga BHMning 150 baravarigacha ma’muriy jarima qo‘llanadi.


R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

BAHOLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILGAN MAKTABLAR FAOLIYATI

personmaftuna 24-06-24, 10:37
0 BAHOLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILGAN MAKTABLAR FAOLIYATI QANDAY BAHOLANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024-yildagi “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar...

ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

personmaftuna 30-09-24, 02:08
0 ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

1-yanvar — Yangi yil; 8-mart — Xotin-qizlar kuni; 21-mart — Navro‘z bayrami; 9-may — Xotira va qadrlash kuni; 1-sentabr...

БОЛАЛАР САРАТОНИГА ҚАРШИ КУРАШИШ БЎЙИЧА МИЛЛИЙ СТРАТЕГИЯ

personmaftuna 07-06-25, 19:34
0 БОЛАЛАР САРАТОНИГА ҚАРШИ КУРАШИШ БЎЙИЧА МИЛЛИЙ СТРАТЕГИЯ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ

“2025–2030 йилларда болалар саратонига қарши курашиш бўйича Ўзбекистон Республикаси миллий стратегиясини амалга ошириш...

menu
menu