RAHBARLAR VA ULARNING O‘RINBOSARLARIGA OG‘IR AHVOLDAGI KAMBAG‘AL OILALAR BIRIKTIRILADI
Jamoat ishlari jamg'armasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi negizida Kambag'allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg'armasi tashkil etiladi. 2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi. 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida og'ir ahvoldagi oilalarni kambag'allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning o'rinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi. 2025-yil 1-apreldan:Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan boquvchisini yo'qotgan to'liq bo'lmagan oilalar, mehnatga layoqatli a'zosi bo'lmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron a'zolari mavjud oilalardagi o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko'rsatiladi; ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g'amxo'rlik ko'rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko'rsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi; YTT sifatida ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxslarga alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi bo'lgan bolalar, shu jumladan, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko'rsatishga ruxsat beriladi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YERDAN HUJJATLARDA KO‘RSATILGANIDAN KATTAROQ HAJMDA
personmaftuna 19-09-24, 00:36Soliq kodeksining 437-moddasi birinchi qismida respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv.m uchun...
DRESS-KODNI BUZGANLIK UCHUN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR
personmaftuna 29-09-24, 17:17Kiyimning belgilangan shakliga e’tibor bermaslik хodim bilan qonuniy ravishda хayrlashishlariga olib kelishi mumkin....
YO'L OBYEKTLARI ALOHIDA RUXSATNOMA OLINGANDAN SO'NG
personmaftuna 23-07-24, 14:20“Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha...