DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI
Prezident tomonidan imzolangan O'RQ-933-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga qo'shimchalar kiritildi.
Unga ko'ra:
🔹Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to'sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto'g'ri ko'rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:
➖mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi;
🔹Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa:
➖mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
O‘LIMNI QAYD ETISH
personmaftuna 29-06-24, 09:27Oila kodeksining 223-moddasiga asosan, - o‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi...
УЙ-ЖОЙ УЧУН СУБСИДИЯ БЕРИЛИШИ ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА РАД ҚИЛИНАДИ?
personmaftuna 30-09-24, 06:13Вазирлар Маҳкамасининг 182-сон қарори билан тасдиқланган Низомга асосан, қуйидаги ҳолларда ариза берувчига субсидия...
BIZNES-OMBUDSMAN SOLIQ ORGANLARI QO‘LLAGAN JARIMANI
personmaftuna 09-02-24, 22:44Tadbirkor B.J. Qarshi shahridagi Tadbirkor virtual offisiga soliq organining qarori ustidan shikoyat bilan murojaat...