Kuzatuvchi » Siyosiy » IKKI YIL ICHIDA 3 MINGGA YAQIN MIKRO GESLAR QURILADI

IKKI YIL ICHIDA 3 MINGGA YAQIN MIKRO GESLAR QURILADI

Prezident tomonidan 28.03.2025-yildagi «Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-129-son Qaror imzolandi.

2025-2026 yillarda respublika boʻylab 3 mingga yaqin mikro gidroelektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan. Eng koʻpi Andijon viloyatida (763 ta), eng kami poytaхtda quriladi.

Natijada 280 ming aholi elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 1,2 mingta vaqtinchalik, keyinchalik esa 520 ta doimiy ish oʻrni yaratiladi.

Mikro GESlar tayyor biznes-loyiha sifatida quyidagi tartibda sotiladi:

• asosiy mezoni boʻlib-boʻlib toʻlash muddatini qisqartirish hisoblangan onlayn auksion savdolari asosida mikro GESlar tadbirkorlik sub’yektlariga realizatsiya qilinadi;

• boshlangʻich badal qiymatning 30 foizini tashkil etadi, qolgan 70 foizini boshlangʻich muddati 60 oy boʻlgan davr mobaynida toʻlanadi;

• auksion savdolarini oʻtkazish reglamenti Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Energetika vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

TOʻSIQSIZ TURIZMNI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI BELGILANDI

personmaftuna 21-03-24, 18:22
0 TOʻSIQSIZ TURIZMNI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI BELGILANDI

Prezidentning 12.01.2024-yildagi PQ-20-son «Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish...

ЭНДИ БЛОГЕРЛАР ҲАМ СОЛИҚҚА ТОРТИЛАДИ

personmaftuna 26-01-24, 06:20
0 ЭНДИ БЛОГЕРЛАР ҲАМ СОЛИҚҚА ТОРТИЛАДИ

Президентнинг 2020 йил 8 июндаги ПҚ-4742-сонли қарори билан "Ўзини ўзи банд қиладиган шахслар" учун фаолият турлари...

ЖАЗОНИ ЎТАШДАН МУДДАТИДАН ОЛДИН ШАРТЛИ ОЗОД ҚИЛИШНИНГ

personmaftuna 30-09-24, 17:05
0 ЖАЗОНИ ЎТАШДАН МУДДАТИДАН ОЛДИН ШАРТЛИ ОЗОД ҚИЛИШНИНГ ШАРТЛАРИ ВА ТАЛАБЛАРИ

📄 Жиноят кодексининг 89-моддасига асосан, ➖ ўн саккиз ёшга тўлмасдан содир этган жинояти учун озодликдан маҳрум...

menu
menu