Kuzatuvchi » Siyosiy » EKOLOGIK VA GEMATOLOGIK KASALLIKLARGA CHALINGAN BOLALARNI SOG'LOMLASHTIRISHGA KO'MAKLASHISH JAMG'ARMASI TASHKIL ETILDI

EKOLOGIK VA GEMATOLOGIK KASALLIKLARGA CHALINGAN BOLALARNI SOG'LOMLASHTIRISHGA KO'MAKLASHISH JAMG'ARMASI TASHKIL ETILDI

“Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko'rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident PQ-183-son Qarori qabul qilingan.

Qarorga ko'ra, quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi, jumladan:

🔹2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish;

🔹gemopoetik o'zak hujayralari va suyak ko'migi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish;

🔹bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta'minlash.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Markaz) etib qayta nomlandi.

Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog'lomlashtirishga ko'maklashish jamg'armasi tashkil etildi.

2024-yil 1-iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo'limlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik bo'yicha tibbiy yordam ko'rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

KESKIN TORMOZ BERISH TAQIQLANADI

personmaftuna 27-06-24, 23:44
0 KESKIN TORMOZ BERISH TAQIQLANADI

Qonunchilikka ko'ra, haydovchiga yo'l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo'lmaganda, keskin tormoz berish...

DAVLAT XARIDINI BEKOR QILISH QANDAY BO‘LADI ?

personmaftuna 28-06-24, 23:10
0 DAVLAT XARIDINI BEKOR QILISH QANDAY BO‘LADI ?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuninga asosan. Davlat buyurtmachisi...

ENERGETIKA SOHASIDA KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA

personmaftuna 12-08-24, 22:59
0 ENERGETIKA SOHASIDA KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2024-yildagi 426-son qarori bilan energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va...

menu
menu