Kuzatuvchi » Siyosiy » BILIB OLING

BILIB OLING

Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ishlari bo'yicha texnik nazorat xizmatini ko'rsatishga autsorsing asosida tadbirkorlar jalb qilinishi belgilangan.

 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida:

  • 2024-yil 1-iyuldan avtomobil yo'llari va yo'l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashda qiymati 10 milliard so'mdan ortiq bo'lgan loyihalar bo'yicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari ro'yxatga olinadi;
  • tender savdolari oferentlari tomonidan takliflar to'liq raqamlashtirilgan holda kiritiladi;
  • har oyda kamida bir marotaba davlat dasturlariga kiritilgan obyektlardagi qurilish jarayonining joriy holati bo'yicha fotosuratlar joylashtirib boriladi.

Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari bo'yicha texnik nazorat xizmatini ko'rsatishga quyidagi obyektlarda autsorsing asosida tadbirkorlarni jalb qilishga ruxsat beriladi:

  • 2025-yil 1-yanvardan – tajriba tariqasida qurilish (ta'mirlash) ishlari yangidan boshlanadigan maktab, maktabgacha ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarida;
  • 2026-yil 1-yanvardan – boshqa qurilish (ta'mirlash) obyektlarida (davlat sirlari bilan bog'liq bo'lgan obyektlar bundan mustasno).

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN 29-FEVRAL

personmaftuna 12-03-24, 02:21
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN 29-FEVRAL 2024-YILDAGI O‘RQ-916 SONLI QONUN IMZOLANDI

Qonunga ko‘ra daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish bilan bog‘liq...

ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ QURILMALARINI OʻRNATISH

personmaftuna 15-05-25, 12:13
0 ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ QURILMALARINI OʻRNATISH TARTIBI OʻZGARTIRILDI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi...

KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGANLARNING QARINDOSHLARI HAM

personmaftuna 16-12-24, 19:17
0 KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGANLARNING QARINDOSHLARI HAM DAVLAT HIMOYASIDA BO‘LADI

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish...

menu
menu