Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKINI QISQARTIRISHNING QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA”GI PQ-162-SON QARORI QABUL QILINGAN

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKINI QISQARTIRISHNING QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA”GI PQ-162-SON QARORI QABUL QILINGAN

Qarorga ko'ra, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan xo'jalik jamiyatlari (davlat ishtirokidagi korxonalar) birinchi rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri etib o'z sohasida xususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, raqobat muhiti shakllangan sohalardagi, shuningdek, ularning faoliyatiga xos bo'lmagan, samarasiz foydalanilayotgan va bo'sh turgan aktivlarini xususiylashtirish (sotish) belgilandi.

Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

🔹Ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) ro'yxati;

🔹Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko'chmas mulk obyektlari ro'yxati;

🔹Mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o'tkaziladigan korxonalar ro'yxati.

🔍 Davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarining ommaviy taklifini o'tkazish jarayonida:

➖qabul qilingan buyurtmalar asosida aksiyalarni uyushgan savdolarda sotishda oldi-sotdi bitimlari investitsiya vositachilari tomonidan qat'iy ravishda “Toshkent” RFB savdo maydonchasida ro'yxatdan o'tkaziladi;

➖ mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” RFB savdo maydonchasida amalda bo'lgan usullarga qo'shimcha ravishda, “E-AUKSION” elektron savdo platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHDA HUQUQIY

personmaftuna 26-12-24, 14:44
0 JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHDA HUQUQIY TARG'IBOTNING INNOVATSION USULLARIDAN FOYDALANILADI

“2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash...

O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN FUQAROLAR QANDAY PENSIYAGA

personmaftuna 11-12-24, 11:43
0 O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN FUQAROLAR QANDAY PENSIYAGA CHIQISHLARI MUMKIN?

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq: erkaklar – 60 yoshga,...

I ВА II ГУРУҲ НОГИРОНЛИК ПЕНСИЯСИ ТАЙИНЛАНГАНИДАН КЕЙИНГИ

personmaftuna 23-03-24, 21:55
0 I ВА II ГУРУҲ НОГИРОНЛИК ПЕНСИЯСИ ТАЙИНЛАНГАНИДАН КЕЙИНГИ ИШЛАНГАН ВАҚТ ИШ СТАЖИГА ҚЎШИЛАДИ

26.10.2022 йил кунги ЎРҚ 795-сон пенсия тайинлаш тартибини такомиллаштиришга қаратилган Қонун қабул қилинган Ушбу Қонун...

menu
menu