O'ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ SHAXSLAR QO'LLAB-QUVVATLANADI
“O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ-171-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan o'zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.
Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishi yo'lga qo'yiladi:
uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko'rsatish xizmati;
uy sharoitida qarab turish xizmati;
tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya xizmati;
kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
shaxsiy yordamchi xizmati.
Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.
Vaucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida to'lanadi.
Vaucher berish va uning qiymatini to'lash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
NORUDA MATERIALLARNI QAZIB OLISH USTIDAN NAZORAT
personmaftuna 05-03-24, 07:38Prezidentning 17.01.2024-yildagi PF-14-sonli «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish...
YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING BANDLIGI
personmaftuna 30-09-24, 02:12O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 5-aprel kuni qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali...
БОЛА ПАРВАРИШЛАШ ТАЪТИЛИДА ХОДИМНИНГ ИШ ҲАҚИ САҚЛАНАДИМИ?
personmaftuna 31-07-24, 02:58Бола парваришлаш даврида сизнинг иш жойингиз (лавозимингиз) сақланади, лекин ўртача иш ҳақингиз эмас, бу олдин ҳам,...