NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI ISHGA QABUL QILGAN TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA AJRATILADI
“Nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligini ta'minlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-85-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:
nogironligi bo'lgan shaxslarning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;
nogironligi bo'lgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o'qitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish;
2025 yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi bo'lgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini ta'minlash.
2025-yil 1-iyundan boshlab:
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga 50 million so'mgacha subsidiya ajratiladi;
subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi;
jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ko'rsatishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi bo'lgan shaxslarning elektron reestri yuritiladi.

S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YUQORI QO‘SHILGAN QIYMATGA EGA MAHSULOTLARNI EKSPORT QILISH
personmaftuna 23-09-25, 23:46“Etilen va propilen polimerlaridan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni...
BILASIZMI?
personmaftuna 26-01-24, 02:49Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda...
SAYYOR TEKSHIRUV OʻTKAZISHDA SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI
personmaftuna 12-02-25, 01:10Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...