Kuzatuvchi » Siyosiy » SAYYOR TEKSHIRUV OʻTKAZISHDA SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI KENGAYTIRILDI
SAYYOR TEKSHIRUV OʻTKAZISHDA SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI KENGAYTIRILDI
Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi VMQ-891-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan ayrim qarorlarga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
- Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (06.10.2014 y. VMQ-279-s. 2-ilova) 8-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirildi: "Davlat aksiyalari paketlari "Toshkent" RFB orqali хorijiy investorlarga chet el valyutasida sotilishi va ular boʻyicha toʻlovlar shartnomada koʻrsatilgan valyutada amalga oshirilishi mumkin";
- Investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomaning yana bir majburiy sharti belgilandi, bu tuzilgan shartnoma doirasida yuzaga keladigan nizo va da’volarga nisbatan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishni nazarda tutadi. Nizomning 93-bandiga qoʻshimcha kiritildi;
- Nizomning 96-bandiga davlat aksiyalarini sotishda yuzaga keladigan nizo va da’volarga nisbatan, birinchi navbatda, mediatsiya tartib-taomili amalga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritildi;
- Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq organlari mansabdor shaхslarining huquqlari kengaytirildi. Xususan, endi ular quyidagilarga haqli:
- Tadbirkorlik sub’yektlarini хabardor qilmasdan, lekin tekshiruv oʻtkaziladigan kunda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Prezident vakilini albatta хabardor qilgan holda qalbakilashtirish va kontrafakt holatlarini, shuningdek majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotni markirovka qilish qoidalari buzilishini tekshirish. Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (07.01.2021 y. VMQ-1-s. 2-ilova) 19-bandga qoʻshimcha kiritildi;
- Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish uchun asos boʻladigan yana bir holat qoʻshimcha qilindi. Bunday holat soliq inspektorlari oʻz vazifalarini bajarish chogʻida raqamli markirovkalash lozim boʻlgan qalbaki va kontrafakt mahsulotni, shuningdek markirovkalash qoidalari buzilishini aniqlash hisoblanadi. Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 57-bandiga tegishli qoʻshimcha kiritildi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
O‘QUV KURSLARIDAN CHETLATISH
personmaftuna 26-09-24, 02:09Tinglovchi quyidagi hollarda tinglovchilar safidan chetlashtirilishi mumkin: o‘z xohishiga binoan, o‘quv intizomini va...
XODIMNING “DEKRET” DALIGI YOKI VAQTINCHA MEHNATDA
personmaftuna 30-09-24, 02:52Mehnat kodeksining 226-moddasiga asosan har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p...
TA’LIM MUASSASALARI ATTESTATSIYA VA AKKREDITATSIYADAN
personmaftuna 21-02-24, 06:49Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024-yildagi “Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan...