TA’LIM MUASSASALARI ATTESTATSIYA VA AKKREDITATSIYADAN QANDAY OʻTKAZILADI?
Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024-yildagi “Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 91-son qarori qabul qilindi.
Maktabgacha hamda umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Attestatsiyaning asosiy prinsiplari: mustaqillik, хolislik, oshkoralik, shaffoflik, davriylik, majburiylik.
Tasdiqlangan Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni ham belgilaydi:
- attestatsiya komissiyalarini tashkil etish tartibi va ularning tarkibi;
- attestatsiyadan oʻtkazish haqida хulosa;
- хalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi, shuningdek ularga qoʻyiladigan talablar;
- ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish;
- maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari.
Davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti har yili хavf-хatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini oʻtkazish uchun oʻz faoliyatini ichki baholaydi va uning natijasi boʻyicha toʻplangan ma’lumotlar hamda materiallarni onlayn tarzda ta’lim sifati monitoringi elektron platformasi orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuboradi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida хavf-хatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshiradi.
Vazirlikka 2024 yil 1 avgustga qadar ta’lim sifati monitoringi hamda akkreditatsiya va tegishli sertifikatlar berish elektron platformasini ishga tushirish topshirildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi:
- mandat.uzbmb.uz elektron platformasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’lim sifati monitoringini yuritishga moʻljallangan elektron platformasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini;
har yili 10 oktyabrga qadar oliy ta’lim tashkilotlariga qabul imtihonlarida qatnashgan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari soni, ularning fanlar kesimidagi va jami toʻplagan ballari boʻyicha ma’lumotlar elektron shaklda taqdim etilishini ta’minlaydi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL
personmaftuna 20-10-24, 14:54“Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-311-son)...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR BANDLIGINI TA’MINLAGAN
personmaftuna 08-08-25, 01:37O‘zbekiston Respublikasining 01.07.2025-yildagi 405-sonli Hukumat qarori bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini...
YUK AVTOMOBILLARINING YO’LNING CHETKI CHAP QATORIDA
personmaftuna 19-11-24, 23:16Haydovchilarning yuk avtomobillarida yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar...