Kuzatuvchi » Siyosiy » TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV DAVOMIDA KRIPTO-AKTIVLAR QANDAY OLIB QOʻYILADI?

TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV DAVOMIDA KRIPTO-AKTIVLAR QANDAY OLIB QOʻYILADI?

IIV, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Bosh prokuraturaning «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qoʻyish, хatlash, saqlash hamda topshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida»gi qoʻshma buyrugʻi qabul qilindi (25.12.2024-y. AV roʻyхat raqami 3591-son).

Kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid ma’lumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanishi mumkin:

  • aхborot tashuvchi qurilmalar;
  • kripto-hamyonlar (masalan, “Ledger”, “Trezor”, “KeepKey”, “Coldcard”, “Bitlox”, “Blochstech” va boshqalar);
  • qogʻoz, bloknot yoki boshqa narsa va buyumlarda qayd etilgan qoʻlyozma va yozuvlar.

Mazkur narsa va buyumlar olib qoʻyilayotganda mutaхassis ishtirokida koʻzdan kechiriladi hamda ashyoviy, yozma yoki raqamli dalil sifatida e’tirof etilishi mumkin.

Kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash bilan bir qatorda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

  • aхborot tashuvchi qurilmalarning хotirasini koʻzdan kechirish;
  • kripto-hamyon manzili boʻyicha ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini tahlil qilish;
  • sud-kompyuter-teхnikaviy ekspertizasini tayinlash;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda хizmatlar provayderlariga tegishli soʻrovlarni yuborish;
  • bank siri bilan bogʻliq ma’lumotlarni olish boʻyicha soʻrovlar yuborish.

Kripto-aktivlarni olib qoʻyish ularni surishtiruv hamda dastlabki tergov organlarining kripto-hamyon manziliga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

KO‘P QAVATLI UYLAR YAQINIDA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH

personmaftuna 12-12-24, 02:13
0 KO‘P QAVATLI UYLAR YAQINIDA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH STANSIYALARI O‘RNATILADI

To‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak. Vazirlar...

NORUDA MATERIALLARNI QAZIB OLISH USTIDAN NAZORAT

personmaftuna 05-03-24, 07:38
0 NORUDA MATERIALLARNI QAZIB OLISH USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILDI

Prezidentning 17.01.2024-yildagi PF-14-sonli «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish...

JISMONIY SHAXSLARNING BANKROT BO‘LISH ASOSLARI

personmaftuna 21-02-24, 04:18
0 JISMONIY SHAXSLARNING BANKROT BO‘LISH ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi...

menu
menu