MAHALLIY MEHNAT ORGANLARIGA MUROJAAT QILAYOTGAN FUQAROLARDAN ORTIQCHA HUJJATLAR TALAB ETILISHINING OLDI OLINADI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-967-son, 27.09.2024-y.) bilan “Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Unga ko'ra, ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo'l qo'yilmasligini, bandlikni rag'batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.. Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo'sh (vakant) ish o'rinlari mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni, xodimlarning ishdan bo'lg'usi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanmoqda. Bundan tashqari, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining nomlanishi aniqlashtirilmoqda, shuningdek oilaviy (maishiy) zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ICHKI ISHLAR ORGANLARINING BARCHA AXBOROT INFRATUZILMASI
personmaftuna 23-06-25, 11:27“Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi...
BILASIZMI?
personmaftuna 18-09-24, 19:58Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv...
INSOFSIZ RAQOBATNI TAQIQLASH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 24-03-25, 03:42Xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan...