AHOLI VA DAVLAT XIZMATCHILARINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI BILIMLARI OSHIRILADI
“Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-228-son.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.
- Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
🔹korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo'lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko'nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
🔹davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish;
🔹korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yuritish;
🔹korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
ФУҚАРОЛАРНИНГ ВИЖДОН ЭРКИНЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ДИНИЙ
personmaftuna 24-08-25, 19:56“Ўзбекистон Республикасида фуқароларнинг виждон эркинлигини таъминлаш ва диний соҳадаги давлат сиёсати концепциясини...
ISHSIZ YOSHLAR “YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITILISHI MUMKINMI?
personmaftuna 30-09-24, 23:16Vazirlar Mahkamasining 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat...
O‘RTACHA OYLIK ISH HAQINI ANIQLASHNING UMUMIY TARTIBI
personmaftuna 13-04-24, 02:14Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati...