Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ XO’JALIGIGA MO’LJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

QISHLOQ XO’JALIGIGA MO’LJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli “Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʼrniga elektron onlayn auktsion savdolari joriy etiladi.

Quyidagilar belgilandi:

•    qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auktsion savdolari orqali 30 yilga ijaraga beriladi, bunda boshlangʼich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

•     yer uchastkalarini elektron auktsion savdolariga chiqarish boʼyicha materiallarni tayyorlash qonunchilikka tegishli oʼzgartirishlar kiritilguniga qadar ochiq elektron tanlov uchun belgilangan tartibda, elektron onlayn savdolarini oʼtkazish esa auktsion savdolarini tashkil etish hamda oʼtkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;

•    qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish boʼyicha elektron onlayn auktsion savdolari gʼoliblariga yer uchastkasi narxini uch yil muddatda har oyda teng ulushlarda boʼlib-boʼlib toʼlashga ruxsat beriladi;

•      dehqon xoʼjaligi, yakka tartibda bogʼdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʼyicha elektron onlayn auktsion savdolari gʼolibi boʼlgan “Temir daftar’, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʼyxatda turgan fuqarolarga yer uchastkasi narxini besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʼlib-boʼlib toʼlashga ruxsat beriladi.

 

2024-yil 1-martga qadar 15 626,8 gektar qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auktsion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilgan (aholi punktlariga yaqin, suv taʼminoti yaxshi, unumdorlik yuqori boʼlgan, maydoni 5 gektardan yuqori konturlarni 1 gektargacha lotlarga boʼlgan holda).

2024-yil 1-martdan boshlab quyidagilar nazarda tutiladi:

•       ochiq elektron tanlovga chiqarilgan va gʼolib aniqlanmagan qishloq xoʼjaligiga moʼljallanamagan yer uchastkalari avtomatik tarzda elektron onlayn auktsion savdolariga chiqarilishi;

•      yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari boʼyicha oʼz huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʼzgartirmagan holda boshqa shaxsga oʼtkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berish. Bunda:

- ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida oʼzi foydalangan boʼlishi shart, ushbu muddat ijara huquqi davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan paytdan boshlab hisoblanadi;

- yuridik shaxslarga elektron onlayn auktsion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov oʼtkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri ijaraga berilgan yer uchastkalarini boshqa shaxsga oʼtkazishga (qayta ijaraga berishga) ijara huquqi davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan kundan boshlab besh yildan keyin yoʼl qoʼyiladi.

Аgrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri ijaraga berish tartibi bekor qilindi. Klasterlar yer uchastkalarini elektron onlayn auktsion savdolari orqali yoki yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʼli bilan ijaraga olishlari mumkin.
 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

DAVLAT KOʻCHMAS MULK OBYEKTLARINI QANDAY SOTIB OLISH MUMKIN?

personmaftuna 05-05-24, 12:18
0 DAVLAT KOʻCHMAS MULK OBYEKTLARINI QANDAY SOTIB OLISH MUMKIN?

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining buyrugʻi bilan “Maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh...

ELЕKTR HISOBLAGICH KIMNI HISOBIDAN XARID QILINADI ?

personmaftuna 30-09-24, 12:24
0 ELЕKTR HISOBLAGICH KIMNI HISOBIDAN XARID QILINADI ?

SAVOL; Elektrga ulanish uchun yangi iste’molchilarga elektr xisoblagichni iste’molchini o‘zi sotib olishi kerakmi yoki...

ДАСТЛАБКИ СИНОВ

personmaftuna 30-05-24, 12:45
0 ДАСТЛАБКИ СИНОВ

Қуйидагилар ишга қабул қилинганда дастлабки синов белгиланмайди: -ҳомиладор аёл, 3 ёшга тўлмаган боласи бор аёл ёки 3...

menu
menu