Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMNING “DEKRET” DALIGI YOKI VAQTINCHA MEHNATDA QOBILYATSIZLIK DAVRI HAR YILGI MEHNAT TA’TILINI OLISH HUQUQINI BERADIGAN ISH STAJIGA KIRADI.

XODIMNING “DEKRET” DALIGI YOKI VAQTINCHA MEHNATDA QOBILYATSIZLIK DAVRI HAR YILGI MEHNAT TA’TILINI OLISH HUQUQINI BERADIGAN ISH STAJIGA KIRADI.

Mehnat kodeksining 226-moddasiga asosan har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;
  • xodim haqiqatda ishlamagan, lekin mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq uning ish o‘rni (lavozimi) saqlangan vaqt, shu jumladan har yilgi mehnat ta’tili vaqti, dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa davrlari;
  • mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda, xodim boshqa ishga o‘tkazilganda yoki u ishdan chetlashtirilganda va kelgusida xodim avvalgi ishiga tiklanganda majburiy progul vaqti;
  • agar tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslik yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida bilim va ko‘nikmalar tekshiruvidan o‘tmaslik xodimning aybisiz yuz bergan bo‘lsa, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan o‘tmagan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmagan xodim ishdan chetlashtirilgan davr;
  • agar xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra, mehnat majburiyatlarining buzilishidagi xodimning aybi tasdiqlanmasa yoxud mehnat majburiyatlarini buzish faktining o‘zi tasdiqlanmasa, ushbu xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodim ishdan chetlashtirilgan davr;
  • xodimning iltimosiga ko‘ra beriladigan, ish yili davomida ikki haftadan oshmaydigan ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar vaqti;
  • jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa vaqt davrlari.

Ya’ni yuqoridagi asosda ko‘rinib turibdiki, xodimning xomiladorlik va tug’ish ta’tilidaligi yoki vaqtincha mehnatda qobilyatsizlik davri  Har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiradi.

Shuni ham aytib o‘tish kerakki,  Har yilgi asosiy mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish staji jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi:

  • xodim uzrli sabablarsiz ishda bo‘lmagan vaqt;
  • xodim ishdan chetlashtirilgan davrlar;
  • bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar vaqti.

Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi, shuningdek noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tillarini olish huquqini beradigan ish stajiga faqat mazkur sharoitlarda haqiqatda ishlab berilgan vaqt kiritiladi.

 

41. CHANG BO'RONLARIGA QARSHI KURASHISH BO'YICHA MILLIY DASTUR TASDIQLANDI

“Chang bo'ronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-338-son, 24.09.2024-y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra,  O'zbekiston Respublikasida chang bo'ronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish bo'yicha 2024–2030 yillarga mo'ljallangan milliy dastur tasdiqlandi.

Quyidagilar Milliy dasturning asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan:

chang va qum bo'ronlari oldini olish va oqibatlarini yumshatishda ilg'or texnologiyalarni joriy etish hamda hududlarda yashil qoplamalarni kengaytirish;

2028-yilgacha kuchli chang bo'ronlari hosil bo'lish sur'atlarini hozirgi holatiga nisbatan 50 foizga qisqartirish.

 2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarni o'rnatish ishlari boshlanadi.

 2026-yil 1-yanvardan Toshkentda o'rnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravishda atmosfera havosining ifloslanish darajasi hamda gidrometeorologik ma'lumotlar e'lon qilib boriladi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

НОГИРОНЛИКНИ БЕЛГИЛАШ ОСОНЛАШТИРИЛАДИ

personmaftuna 30-09-24, 16:00
0 НОГИРОНЛИКНИ БЕЛГИЛАШ ОСОНЛАШТИРИЛАДИ

Президентнинг 16.07.2024 йил кунги ПҚ-257-сон қарорига асосан, 2024 йил 1 сентябрдан бошлаб Тошкент шаҳри ва Навоий...

BILASIZMI?

personmaftuna 24-04-24, 01:25
0 BILASIZMI?

“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-907-son, 14.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi....

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH VA MUNOSIB MEHNAT

personmaftuna 24-01-24, 02:51
0 ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH VA MUNOSIB MEHNAT MASALALARI BO‘YICHA MILLIY MA'RUZACHI INSTITUTI TA'SIS ETILDI

“Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar...

menu
menu