MEHNAT SHARTNOMASI NIMA?
Mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi o’rtasidagi taraflarning o’zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv bo’lib, unga muvofiq xodim ish beruvchining manfaatini ko’zlab, ushbu kelishuvda belgilangan mehnat vazifasini uning rahbarligi va nazorati ostida shaxsan bajarish, ichki mehnat qoidalariga rioya etish majburiyatini, ish beruvchi esa xodimga shartlashilgan mehnat vazifasi bo’yicha ish berish, xodimga ish haqini o’z vaqtida hamda to’liq miqdorda to’lash, mehnat to’g’risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va ushbu kelishuvda nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini ta’minlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
Mehnat shartnomasining mazmuniga:
xodimning holatini mehnat to’g’risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;
mehnat va mashg’ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to’g’risidagi talablarni buzadigan;
majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
xodimni qonunga xilof harakatlarni yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog’lig’iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro’siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilmasligi kerak, agar ular kiritilgan bo’lsa, haqiqiy bo’lmaydi.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo’lgan kamida 2 nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.
Мehnat shartnomasining har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanadi.
Ish beruvchida muhr mavjud bo’lgan taqdirda mansabdor shaxsning mehnat shartnomasining barcha nusxalaridagi imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.
Mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mehnat shartnomasi:
nomuayyan muddatga;
3 yildan ko’p bo’lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan bo’lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ТАДҚИҚОТЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 19-03-25, 05:59“Таҳлилий ва тадқиқотчилик фаолиятини ташкил қилиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори...
ТЎҚИМАЧИЛИК ВА ТИКУВ-ТРИКОТАЖ САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЯНГИ
personmaftuna 19-05-24, 01:20“Тўқимачилик ва тикув-трикотаж саноатини ривожлантиришни янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI
personmaftuna 18-08-24, 04:03Yoshlar (yosh fuqarolar) — 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar. Yosh oila — er-xotinning ikkisi ham...