Kuzatuvchi » Siyosiy » YURIDIK SHAXSLAR BIRLASHMALARI

YURIDIK SHAXSLAR BIRLASHMALARI

             O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga ko`ra, tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalariga birlashishlari mumkin. Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va o‘zga birlashmaga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda xo‘jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo‘jalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.

            Notijorat tashkilotlari o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.

              Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi.

          Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari o‘z mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.

              Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.

              Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari ularning majburiyatlari bo‘yicha uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar bo‘ladilar.

         Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini ko‘rsatishi, unga “uyushmasi”, “ittifoqi” so‘zlari yoki birlashma turini ko‘rsatadigan boshqa so‘z kiritilgan bo‘lishi kerak.

              Qonunchilikda yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari belgilanishi mumkin.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY OʻTKAZILADI?

personmaftuna 28-10-24, 16:15
0 DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY OʻTKAZILADI?

Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan oʻtkazish tartibi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar...

МИКРОМОЛИЯВИЙ ТАШКИЛОТЛАР ҚАНДАЙ ИСЛОМИЙ МОЛИЯЛАШТИРИШ

personmaftuna 18-09-24, 21:42
0 МИКРОМОЛИЯВИЙ ТАШКИЛОТЛАР ҚАНДАЙ ИСЛОМИЙ МОЛИЯЛАШТИРИШ ХИЗМАТЛАРИНИ КЎРСАТАДИЛАР

Марказий банк бошқарувининг қарори (26.07.2024 й. АВ даги рўйхат рақами 3536-сон ) билан Микромолиявий ташкилотлар...

MAHKUM AFV ETILGANIDAN SO’NG SUDLANGANLIK HOLATI OLIB

personmaftuna 28-06-24, 01:03
0 MAHKUM AFV ETILGANIDAN SO’NG SUDLANGANLIK HOLATI OLIB TASHLANADIMI?

Sudlanganlik holatini tugallanishi ma’lum vaqt o’tishi bilan yuz beradi va bu muddat tugamasdan turib ham sud tomonidan...

menu
menu