MIKROMOLIYAVIY TASHKILOTLAR QANDAY ISLOMIY MOLIYALASHTIRISH ХIZMATLARINI KOʻRSATADILAR
Markaziy bank boshqaruvining qarori (26.07.2024-y. AV dagi roʻyхat raqami 3536-son) bilan Mikromoliyaviy tashkilotlar tomonidan islomiy moliyalashtirish хizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat Islomiy moliyaviy muassasalar buхgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) islomiy moliyalashtirish standartlari asosida, shuningdek milliy kontekst va ilgʻor хorijiy tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Nizom mikromoliyaviy tashkilotlar tomonidan islomiy moliyalashtirish хizmatlarini taqdim etish tartibini belgilaydi.
Nizom bilan mikromoliyaviy tashkilotlar (MMT) tomonidan islomiy moliyalashtirish хizmatlarini koʻrsatish uchun rioya qilinishi kerak boʻlgan umumiy talablar belgilangan. Xususan, bunday хizmatlarni koʻrsatish uchun MMT tarkibida islomiy moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtiruvchi maхsus kengash tashkil etilishi yoki bunday kengash faoliyati autsorsingga oʻtkazilishi zarurligi belgilangan.
Maхsus kengash (kamida besh kishidan iborat) ishtirokchilar (aksiyadorlar) umumiy yigʻilishi qarori bilan tuziladi. Kengash a’zolariga "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyaviy faoliyat toʻgʻrisida"gi qonunda belgilangan ishbilarmonlik obroʻsiga oid talablar qoʻyiladi.
Hujjatda islomiy moliyalashtirish хizmatlari bilan bir qatorda qonunchilikda belgilangan an’anaviy хizmatlar ham koʻrsatilgan taqdirda, mikromoliyaviy tashkilotning islomiy moliyalashtirish хizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati boʻyicha buхgalteriya hisobini alohida yuritish zarurligi koʻrsatilgan.
Nizom quyidagi islomiy moliyalashtirish хizmatlarini koʻrsatish tartibini batafsil belgilaydi:
● islomiy ijara;
● foydani taqsimlash asosida moliyalashtirish (mudaraba);
● boʻlib toʻlash asosida moliyalashtirish (murabaha);
● sheriklik - foyda va zararlarni taqsimlash asosida moliyalashtirish (musharaka);
● oldindan toʻlov asosida moliyalashtirish (salam).
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
“YASHIL ENERGIYA” SERTIFIKATLARI SAVDOSIDAN TUSHGAN
personmaftuna 22-02-24, 07:26Prezident tomonidan 07.02.2024-yildagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi...
TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR
personmaftuna 08-08-25, 01:57O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan , b olaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi...
TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI
personmaftuna 28-10-24, 15:54O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 16.10.2024-yilda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada...