Kuzatuvchi » Siyosiy » KIMLAR OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILINIShI MUMKIN ?

KIMLAR OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILINIShI MUMKIN ?

Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

1) ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;

2) uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

3) ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;

4) muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;

5) o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, 

Ota-onalar (yoki ulardan biri)tomonidan bolalarga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan holatlar sodir etilsa ular sud tartibida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYALAR AJRATISH TARTIBI

personmaftuna 16-12-24, 11:33
0 UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYALAR AJRATISH TARTIBI O‘ZGARDI

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi qarori bilan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibiga...

JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA TA’MINOTI ILISH TARTIBI

personmaftuna 29-09-25, 23:16
0 JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA TA’MINOTI ILISH TARTIBI QANDAY?

Quyidagilar jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotini olishlar mumkin: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; O‘zbekiston...

ISHONCHNOMANING BEKOR BO‘LISH ASOSLARI VA BU HAQIDA

personmaftuna 28-03-24, 02:09
0 ISHONCHNOMANING BEKOR BO‘LISH ASOSLARI VA BU HAQIDA SHAXSLARGA XABAR BERISH

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 141-moddasiga asosan, ishonchnomaning amal qilishi quyidagi...

menu
menu