MMTV TIZIMI ХODIMLARI UCHUN UZOQ MUDDAT ISHLAGANLIK UCHUN USTAMALAR BELGILANMOQDA
Prezident tomonidan 19.03.2025-yildagi "Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-51-son Farmon qabul qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentliklar va markazlar, viloyat va tuman (shahar) boʻlinmalari хodimlarini хizmatlari uchun ragʻbatlantirish tizimi joriy etilmoqda.
Bu yerda ragʻbatlantirishning batafsil shartlari va miqdorlari bilan tanishish mumkin.
Shuningdek, 2025-yil 1-sentabrdan:
• umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga oshiriladi;
• umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi;
• maktabgacha ta’lim tashkilotlari I va II guruh direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari ularni organ direktori oʻrinbosari lavozimi bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish yoʻli bilan oshiriladi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining direktorlar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktorlar va ularning oʻrinbosarlari uchun KRІ natijalariga qarab bazaviy tarif stavkalariga mos ravishda 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMINI TASHKIL ETISHNING YANGI MODELI
personmaftuna 07-06-25, 20:33“Respublikada sog'liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali...
FUQAROLAR QABULI VA SAYYOR QABULLARNI O'TKAZISHDA MAJBURIY
personmaftuna 24-07-24, 20:15Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-sentabrgacha vazirlik va idoralar, ularning hududiy bo'linmalari hamda tizim...
JISMONIY SHAXSLARGA DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM
personmaftuna 16-12-24, 19:15Hukumat Qarori (774-son, 21.11.2024-y.) bilan Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatlarni jalb etish va...