JISMONIY SHAXSLARGA DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM KO‘RSATILADI
Hukumat Qarori (774-son, 21.11.2024-y.) bilan Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to'lash tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to'lash tartibi belgilandi.
Nizomga ko'ra, davlat hisobidan ko'rsatiladigan yuridik yordam — Qonunda belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq davlat hisobidan to'liq yoki qisman ko'rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam hisoblanadi.
Quyidagi jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatiladi:
kam ta'minlangan shaxslar (fuqarolik ishlari bo'yicha da'vogarlar yoki javobgarlar, ma'muriy ishlar bo'yicha ariza beruvchilar, ma'muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari bo'yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar bo'lsa);
ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga psixiatriya yordami ko'rsatilayotganda;
o'z huquqlari buzilgan, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
jinoyat ishi bo'yicha advokat ishtirok etishi shart bo'lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Shuningdek, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta'minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ushbu shaxslar tomonidan ma'muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda ko'rsatiladi.
Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida adliya bo'limiga og'zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi:
elektron shakldagi murojaatlar YAgona identifikasiya tizimidan (OneID) ro'yxatdan o'tgan holda, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali yuboriladi.
og'zaki va yozma murojaatlar tegishli adliya bo'limi tomonidan murojaat kelib tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmay tizimga kiritiladi.
Advokatga belgilangan miqdorlarda haq to'lanishi bilan birga xizmat safari va transport xarajatlari advokat shartnoma tuzgan joydan 50 km masofadan uzoq bo'lgan hududda yuridik yordam ko'rsatilgan hollarda qoplanadi.
Zuhra BEGOVA,
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi.
Boshqa maqolalar
TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O'YINLARNI TASHKIL ETISH VA
personmaftuna 25-06-24, 15:01“Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish va o'tkazishni tartibga solishni takomillashtirish...
VOYAGA YETMAGANLARGA ENERGETIK ICHIMLIGINI SOTISH
personmaftuna 06-12-24, 11:28Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Yevropa agentligi (EFSA) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 18-29 yoshdagilarning 70%i...
BOG‘CHAGA JOYLASHTIRISHDA IMTIYOZ BERILGAN SHAXSLAR RO‘YXATI
personmaftuna 14-06-24, 16:23O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018 yildagi “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga...