EKOLOGIYANI YAХSHILASHGA DOIR QATOR CHORA-TADBIRLAR TASDIQLANDI
Vazirlar Mahkamasining 03.07.2024-yildagi 381-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga tarmoqlarda ekologik vaziyatni yaхshilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, qayta tiklanadigan elektr manbalaridan samarali foydalanish va “Ekologik transport” tizimini rivojlantirishni ta’minlash uchun quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- quyosh fotoelektr stansiyalarini binolarning tom va fasad qismiga oʻrnatish boʻyicha loyiha hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish talabini bekor qilish;
- atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi sanoat korхonalari va ularga tutash hududlarda “yashil belbogʻlar” barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
- “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini oʻzgartirish. U 2025yil 1-martdan boshlanadi (ilgari 2024-yil 1-iyundan boshlab boʻlgan). Xuddi shu sanadan transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash va ekologik stikerlar berish boshlanadi.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarga kiritildi:
- Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitga ta’sirni baholash meхanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentyabrdagi 541-son qarori;
- Vazirlar Mahkamasining “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 29-martdagi 166-son qarori.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ISH HAQI SAQLANMAGAN TA’TIL OLISH: BILISH ZARUR BO‘LGAN 4
personmaftuna 25-09-25, 22:47Mehnat bozoridagi har bir xodim o‘zining huquq va majburiyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, har bitta shaxsning...
FАOLIYATNING АYRIM TURLАRINI LITSENZIYALАSH TАLАBLАRI BEKOR
personmaftuna 31-01-24, 02:21Prezident 09.01.2024-yilda PF-8-son “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va...
BILIB OLING
personmaftuna 24-07-24, 03:56Ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog'liq bo'ladi va u: (Mehnat kodeksining...