MEBEL VA YOG'OCHSOZLIK SANOATI RIVOJLANISHI UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILADI
“Mebel va yog'ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-193-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2025–2028-yillarda mebel va yog'ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
-mebel va yog'ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
-eksport hajmini 100 mln AQSH dollariga yetkazish;
-sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta'minlash.
2029-yil 1-yanvargacha Qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo'llaniladi.
2025-yil 1-iyuldan o'z xonadonida faoliyat yuritadigan YTTlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanish huquqi beriladi.
2025-yil 1-avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo'lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
PAXTA MAYDONLARINING HAR GEKTARIGA 1 MLN SO‘MDAN SUBSIDIYA
personmaftuna 17-02-24, 03:09“Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni...
ADLIYA VAZIRLIGI AHOLI BILAN FAOLROQ ISHLAYDI
personmaftuna 24-06-24, 10:53O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va...
KASANACHI BILAN TUZILADIGAN MEHNAT SHARTNOMASI
personmaftuna 18-03-24, 01:53Kasanachilikni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan jismoniy shaxs bilan ish beruvchi o‘rtasida yozma shaklda mehnat...