Kuzatuvchi.uz / MEBEL VA YOG'OCHSOZLIK SANOATI RIVOJLANISHI UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILADI

MEBEL VA YOG'OCHSOZLIK SANOATI RIVOJLANISHI UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILADI

“Mebel va yog'ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-193-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. 

 

Qarorga ko'ra, 2025–2028-yillarda mebel va yog'ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

 

-mebel va yog'ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;

 

-eksport hajmini 100 mln AQSH dollariga yetkazish;

 

-sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta'minlash.

 

2029-yil 1-yanvargacha Qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo'llaniladi.

 

2025-yil 1-iyuldan o'z xonadonida faoliyat yuritadigan YTTlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanish huquqi beriladi.

 

2025-yil 1-avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo'lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

 

 

Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

7-06-2025, 20:07
Saytga qaytish