Kuzatuvchi » Siyosiy » PAXTA MAYDONLARINING HAR GEKTARIGA 1 MLN SO‘MDAN SUBSIDIYA BERILADI

PAXTA MAYDONLARINING HAR GEKTARIGA 1 MLN SO‘MDAN SUBSIDIYA BERILADI

“Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-71-son, 13.02.2024 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga (jumladan, klasterlarga) har bir gektar maydonga bir million so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Bunda:

  • subsidiya ajratish Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Agrosubsidiya axborot tizimi” orqali amalga oshiriladi;
  • paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlarni bajarish uchun dastlab hisoblangan subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratiladi;
  • subsidiyaning qolgan 30 foizi Paxtachilik kengashining hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o‘rtacha 10 foizga oshganligi to‘g‘risidagi xulosasiga asosan 2025-yilda ajratiladi.

 

Shuningdek, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tarkibiga o‘tkaziladi.

 

Gulnora MADAMINOVA,

 Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:17
0 BILASIZMI?

Mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib...

FAKTORING XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANTIRILADI

personmaftuna 18-08-24, 03:39
0 FAKTORING XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANTIRILADI

“Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-109-son,...

ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

personmaftuna 06-12-24, 11:29
0 ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera havosining ifloslanishi har doim tashvish uyg‘otgan....

menu
menu