NOGIRONLIK PENSIYALARI ALOHIDA MUROJAAT TALAB ETMASDAN PROAKTIV SHAKLDA TAYINLANADI
“Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:
-fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda pensiyalarni alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;
-ko'rish qobiliyati bo'yicha I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o'tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma'lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;
-nogironlik pensiyasi tayinlangandan so'ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo'lganda fuqaroning pensiya miqdorini har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash.
-2025-yil 1-oktabrdan davlat pensiya ta'minotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to'lash bilan bog'liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.
Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
MAHKUMLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARI YANADA
personmaftuna 30-09-24, 11:11Mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinadi. Prezident tomonidan imzolangan Qonun...
“XOTIN-QIZLAR.UZ” ПЛАТФОРМАСИ ДОИРАСИДА МУАММОЛАРНИ ЎРГАНИШ
personmaftuna 15-12-24, 23:09“Хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш механизмларини янада такомиллаштириш, уларнинг муаммоларини ҳал этишда...
INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINIRING KOMPANIYASI
personmaftuna 21-02-24, 06:54Prezident tomonidan 08.02.2024 yildagi “Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim sohasi ob’yektlarini barpo etishda...