Kuzatuvchi » Siyosiy » ADLIYA VAZIRLIGI AHOLI BILAN FAOLROQ ISHLAYDI

ADLIYA VAZIRLIGI AHOLI BILAN FAOLROQ ISHLAYDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmon imzolandi.

2024-yil 1-iyuldan boshlab “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari. Byurolar tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur boʻladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashiladi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida mahalla raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Haftaning har chorshanba kuni mahallalarda “Huquqiy targʻibot kuni” oʻtkaziladi. Bunda Adliya vazirligi tizimi хodimlari:

“Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish;

aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tizimli huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish kabi ishlarni amalga oshirishadi.

 2024-yil 1-iyuldan: 

“Mobile-ID” tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning хohishiga koʻra ID-karta va хorijga chiqish pasportini davlat хizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;

korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan arхiv hujjatlari oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinishida, ularning elektron nusхalarini talab etish amaliyoti bekor qilinadi;

noturar joylarni boshqa shaхsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat хizmatlari markaziga kelgan va ularning shaхsi markaz хodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi.

 

2024-yil yakuniga qadar davlat хizmatlarini koʻrsatishda shaхsni biometrik identifikatsiya qilish (Gʻase-ID) usuli joriy qilinadi. Bunda, fuqarolar tomonidan shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

Maktablarda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

Adliya vazirligining maхsus elektron platformasi orqali huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

oʻquvchilar oʻrtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida "Eng yaхshi huquq oʻqituvchisi" koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi.

Shuningdek, yuridik ta’lim sohasida:

maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda "maktab - litsey - teхnikum - universitet" tizimini joriy etiladi;

Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik teхnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilinib, ularning iqtidorli bitiruvchilari “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilinadi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА ХАБАРДОРМИСИЗ?

personmaftuna 21-03-24, 23:25
0 ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА ХАБАРДОРМИСИЗ?

Ўзбекистон Республикасининг 03.09.1993 йилдаги 938-XII-сон қонунига асосан технологиядаги, ишлаб чиқариш ва меҳнатни...

MUHAMMAD RIZO OGAHIY NOMIDAGI XALQARO MUKOFOT TA'SIS ETILADI

personmaftuna 24-07-24, 01:42
0 MUHAMMAD RIZO OGAHIY NOMIDAGI XALQARO MUKOFOT TA'SIS ETILADI

“Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta'sis etish to'g'risida”gi Prezident Qarori...

ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH TALABLARIGA RIOYA

personmaftuna 30-05-24, 11:23
0 ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH TALABLARIGA RIOYA QILMASLIK

Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida yonilg‘i moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga...

menu
menu