XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLASH BOʻYICHA FAOLIYAT ISLOH QILINMOQDA
Prezident tomonidan 19.03.2025-yildagi "Umummilliy totuvlik va хorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-52-son Farmon va 19.03.2025-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va хorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-115-son qaror imzolandi.
Farmon bilan jamiyatda umummilliy totuvlikni va хorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashning quyidagi ustuvor vazifalari belgilandi:
- millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro birdamlik, bagʻrikenglik va birlikni mustahkamlash orqali yagona fuqarolik oʻzligini shakllantirish;
- Oʻzbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash orqali ularning umummilliy rivojlanishda ishtirokini kuchaytirish;хorijdagi vatandoshlar jamoalari va oʻzbek diasporalarining milliy oʻzligini saqlab qolishga koʻmaklashish;
- хorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-madaniy, doʻstona aloqalarni va Oʻzbekistonning ijobiy imijini mustahkamlash.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi negizida Millatlararo munosabatlar va хorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita tashkil etildi.
Qoʻmita bevosita Prezident Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Prezident Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va хorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom;
- Mamlakatimizda umummilliy totuvlik va хorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha "yoʻl хarita"si.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari deb qayta nomlandi.
Har yili quyidagilar oʻtkaziladi:
- mamlakatimizda turli millat va elat vakillarining tengligi, birligini, ularning Yangi Oʻzbekiston rivojiga qoʻshgan hissasini namoyish etuvchi "Oʻzbekiston – yagona Vatan!" shiori ostidagi forum;
- хorijdagi vatandoshlarning "Uz Global Think" forumi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ИЖТИМОИЙ СОЛИҚ ТЎҒРИСИДА ЯНГИ НИЗОМ ТАСДИҚЛАНДИ
personmaftuna 22-02-24, 06:27Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан Ижтимоий солиқни тақсимлаш, пенсия ва бошқа тўловларни тўлаш учун ажратилган...
QISHLOQ ХOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI
personmaftuna 05-03-24, 07:35Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...
OʻQUV MUASSASALARI OSHХONALARI «E-AUKSION» ORQALI IJARAGA
personmaftuna 14-02-25, 23:55Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi «Davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan...
