SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMINI TASHKIL ETISHNING YANGI MODELI JORIY ETILADI
“Respublikada sog'liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-88-son, 19.05.2025-y.) qabul qilindi.
Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatishning yangi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
-xalqaro tajribaga asoslangan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatishning yangi modelini joriy qilish;
-aholiga tibbiy yordam ko'rsatishda oilaviy shifokor ulushini 70 foizga yetkazish;
-sog'liqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda tibbiyotda qog'ozbozlikni kamaytirish orqali tibbiyot xodimlari ish yuklamasini 30 foizgacha kamaytirish;
2025-yil 1-iyuldan mazkur Farmonda belgilangan tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar)larida tajriba-sinov tariqasida sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy qilinadi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sog'liqni saqlash bo'limlari tashkil etiladi.
Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
NORUDA MATERIALLARNI QAZIB OLISH USTIDAN NAZORAT
personmaftuna 21-03-24, 11:39Prezidentning 17.01.2024-yildagi PF-14-sonli «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish...
O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH
personmaftuna 29-06-24, 00:27O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi...
DAVLAT IT-PARK REZIDENTLARINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLAYDI?
personmaftuna 26-12-24, 02:32O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan...