FUQAROLAR QABULI VA SAYYOR QABULLARNI O'TKAZISHDA MAJBURIY TARZDA SURDOTARJIMON ISHTIROKI TA'MINLANADI
Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-sentabrgacha vazirlik va idoralar, ularning hududiy bo'linmalari hamda tizim tashkilotlarida bir nafar rahbar o'rinbosari nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulay va to'siqlarsiz muhit yaratilishi bo'yicha mas'ul etib belgilanadi.
2025-yil 1-yanvardan:
vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o'tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini ta'minlaydi;
vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo'yicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida o'qitiladi.
2024-yil 1-oktabrdan:
shahar yo'lovchi transportida I guruh nogironligi bo'lgan shaxs va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bepul xizmat ko'rsatiladi;
I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarining 50 foizi (BHMning 30 baravarigacha bo'lgan miqdorda) qoplab beriladi.
Ijtimoiy inspeksiya nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay muhit va to'siqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi.
Rafiqjon G‘ULOMOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING BANDLIGI
personmaftuna 17-04-24, 01:19O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 5-aprel kuni qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali...
ХОДИМ ХИЗМАТ САФАРИГА ЮБОРИЛГАНДА ИШ БЕРУВЧИ ХОДИМНИНГ
personmaftuna 26-09-25, 19:10Хизмат сафари ходимнинг иш берувчи фармойишига биноан доимий иш жойидан ташқарида хизмат топшириғини бажариш учун бошқа...
«YASHIL ENERGIYA» SERTIFIKATLARINI BERISH VA MUOMALAGA
personmaftuna 15-05-25, 13:01Vazirlar Mahkamasining 14.04.2025-yildagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda...