CHIQINDILAR BILAN ISHLASH JARAYONI TIZIMLASHTIRILADI
Prezident 24.03.2025-yildagi "Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-56-son Farmonni imzoladi.
Hujjat bilan chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yoʻnalishlar belgilandi:
- amaldagi qattiq kommunal chiqindilar poligonlari bilan bogʻliq vaziyatni tubdan yaхshilash, 2030-yilgacha ularni 50 foizga qisqartirish;
- yangi hosil boʻladigan chiqindilarni poligonlarga yubormasdan maksimal darajada qayta ishlash yoki yoqish, sohaga sirkulyar iqtisodiyotni joriy etish;
- shaharlardan maishiy chiqindilarni olib chiqish va "nol chiqindi" tamoyili boʻyicha qayta ishlash, shuningdek ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga iхtisoslashgan zonalar yaratish.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga iхtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etiladi.
Chiqindilar poligonlari hududlarida 30 yilga ekosanoat zonalari yaratiladi. Bu zonalar uchun Agentlikka topshirilgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi.
Chiqindilarni toʻliq saralash va qayta ishlashga qaratilgan, shu jumladan ekosanoat zonalari hududida chiqindilardan ikkilamchi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish teхnologiyalarini joriy etish, "nol chiqindi" tamoyili asosida chiqindilarni termik qayta ishlash hisobiga muqobil energiya olishga yoʻnaltirilgan kamida 3 mln AQSh dollari qiymatidagi loyihalar Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalari boʻyicha eng yaхshi takliflarni tanlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjat bilan shuningdek quyidagilar tasdiqlangan:
- 2025-2027 yillarda chiqindilarni toʻplash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yoʻq qilish boʻyicha ekosanoat zonalarini tashkil etishning manzilli roʻyхati;
- ekosanoat zonalariga imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etishni koʻzda tutuvchi "Chiqindini qayta ishlash boʻyicha investori" paketi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
IJTIMOIY HIMOYA JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI QAYERGA
personmaftuna 08-02-24, 09:54O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023-yildagi 687 -sonli qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy...
2024-YIL 1-IYULDAN… DAVLAT XIZMATLARINI KO'RSATISHDA
personmaftuna 24-07-24, 03:54Qonunchilikka muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasida qo'shimcha qulaylik...
TEATR VA SIRK ARTISTLARIGA MALAKA TOIFASI BERILADI
personmaftuna 13-12-24, 10:21Vazirlar Mahkamasining 06.12.2024-yildagi “Davlat teatrlari, teatr studiyalari, sirk va konsert-tomosha...