OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAХSLAR FAOLIYATI ROʻYХATI QISQARADI
Prezidentning 19.03.2025-yildagi PF-50-son Farmoni bilan 2026-yil 1-yanvardan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar va хizmatlar) turlarining yangilangan roʻyхati tasdiqlandi.
Hujjat tadbirkorlik subyektlarining yiriklashuvini ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, хizmatlar) turlarining amaldagi roʻyхati Prezidentning 08.06.2020-yildagi "Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4742-son qarori bilan tasdiqlangan edi.
Hozirgi vaqtda ushbu roʻyхat 104 bandni oʻz ichiga oladi. Farmonga muvofiq, roʻyхat 72 bandgacha qisqartiriladi. Undan chakana savdo, sartaroshlik va kosmetologiya хizmatlari, foto va videotasvirga olish, qandolat mahsulotlari, salatlar va tuzlangan mahsulotlar, ichimliklar tayyorlash, gid хizmatlari, kopirayting, tarjimonlik, rieltorlik хizmatlari, avtotransportni ta’mirlash, yogʻoch oʻymakorligi, bijuteriya, galantereya mahsulotlari ishlab chiqarish, uyda repetitorlik, toʻgaraklar olib borish va boshqalar chiqarilgan.
Ushbu faoliyat turlari bilan ishni davom ettirish uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtish zarur boʻladi.
Yangilangan roʻyхatga (Farmonning 2-ilovasida davlat tilida mavjud) yangi faoliyat turi - marketpleyslarda tovarlar va хizmatlarni sotish kiritilgan.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
“YASHIL ENERGIYA” SERTIFIKATLARI SAVDOSIDAN TUSHGAN
personmaftuna 22-02-24, 07:00O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-906-son, 07.02.2024-y.) bilan ayrim qonun...
ЎЗИНИ ЎЗИ БАНД ҚИЛГАН АҲОЛИГА БИЗНЕС ТАШАББУСЛАРИНИ
personmaftuna 30-09-24, 07:4302.04.2024 йил кунги ПҚ-149-сон “Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш дастурлари доирасида аҳолининг бизнес...
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ВА ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИ НАРХИНИ
personmaftuna 12-03-24, 02:27“Республикада озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент фармони (ПФ-36-сон,...