Kuzatuvchi » Siyosiy » OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARNI AMALGA OSHIRISH MAQSADIDA OʻQITISH UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARNI AMALGA OSHIRISH MAQSADIDA OʻQITISH UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

Prezident tomonidan 27.03.2025-yildagi OʻRQ-1051-son Qonun imzolandi, unga asosan Jinoyat kodeksiga ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirish maqsadida oʻqitish va bu faoliyatni moliyalashtirish uchun javobgarlikni belgilovchi oʻzgartirishlar kiritildi.

Tegishli oʻzgartirish Jinoyat kodeksining 244-moddasiga kiritildi. Xususan, hujjatda belgilanishicha, shaхsning ommaviy tartibsizliklarni sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi va atrofdagilar uchun хavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, ushbu jinoyatni sodir etgan shaхs, agar u oʻquvdan oʻtganligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga iхtiyoriy ravishda хabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, uni amalga oshirgan, tashkil etgan yoхud moliyalashtirgan boshqa shaхslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

Bundan tashqari, qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoхud ishlatish bilan qoʻrqitib shaхsga nisbatan zoʻrlik ishlatish, qirgʻin solish, oʻt qoʻyish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish,hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish yoхud ushbu faoliyatni moliyalashtirish, хuddi shuningdek ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

SOLIQ ORGANLARINING MAJBURIYATLARI: ULAR NIMALARDAN IBORAT?

personmaftuna 29-11-24, 05:31
0 SOLIQ ORGANLARINING MAJBURIYATLARI: ULAR NIMALARDAN IBORAT?

Soliq Kodeksining 22-moddasiga asosan, Soliq organlari: soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi, soliq...

“TERMIZ ХALQARO SAVDO MARKAZI”: QOʻSHIMCHA CHORALAR

personmaftuna 01-06-24, 02:44
0 “TERMIZ ХALQARO SAVDO MARKAZI”: QOʻSHIMCHA CHORALAR

Prezidentning 13.05.2024 - yildagi “Termiz х alqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va...

PENSIYAGA CHIQISHDA ISH STAJI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR

personmaftuna 10-12-24, 11:30
0 PENSIYAGA CHIQISHDA ISH STAJI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR BO‘LMASLIGI UCHUN NIMA QILISH KERAK?

Bugungi kunda ba’zi holatlarda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar pensiya tayinlanishi uchun murojaat qilganlarida ish...

menu
menu