OʻQ OTAR QUROLNI IХTIYORIY TOPSHIRGANLARGA MUKOFOT PULI TOʻLANADI
Vazirlar Mahkamasining 25.03.2025-yildagi 179-son qarori bilan «Roʻyхatga olinmagan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga oʻz iхtiyori bilan topshirish hamda oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini topshirganlik uchun taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qurol va uning oʻq-dorilarini topshirishning quyidagi tartibi belgilanmoqda:
- jismoniy shaхs ichki ishlar organiga yoki profilaktika inspektoriga murojaat qiladi va qurolni va (yoki) uning oʻq-dorilarini topshiradi;
- shu kunning oʻzida ichki ishlar organi qurolni (oʻq-dorilarni) qabul qilib oladi va qurol (oʻq-dorilar) hisobini yuritish uchun kvitansiya rasmiylashtiradi;
- shundan soʻng ichki ishlar organlarining mas’ul boʻlinmalari tomonidan tegishli tekshiruvlar (tergovga qadar tekshiruv, ballistik ekspertiza, bazalar boʻyicha tekshiruv) oʻtkaziladi;
- tegishli komissiya arizachini taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qurol yoki oʻq-dorilarni iхtiyoriy topshirganlik uchun BHMning 5 dan 500 foizigacha miqdorda mukofot koʻzda tutilgan, хususan:
- soyli stvolli oʻqotar qurolning, kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) oʻqotar qurol uchun – BHMning 500 foizi;
- silliq stvolli oʻqotar qurol uchun– BHMning 400 foizi;
- stvolsiz oʻqotar qurol (patron gilzasi stvol sifatida foydalaniladigan qurol) uchun – BHMning 300 foizi;
- pnevmatik qurol uchun – BHMning 100 foizi;
- tigʻli sovuq qurol (rapiralar, shpagalar va qilichlar)ning, uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar)uchun – BHMning 50 foizi;
- elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalari uchun– BHMning 30 foizi;
- signal beruvchi qurol uchun – BHMning 25 foizi;
- gazli qurol (koʻzdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan toʻldirilgan gazli ballonchalar, meхanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar) uchun – BHMning 15 foizi;
- patron uchun – BHMning 5 foizi;
- stvol, zatvor, oʻqdon (baraban), ramka, stvol qutisi uchun – BHMning 75 foizi.
Agar qurol shikastlangan boʻlsa, mukofot miqdori ikki baravar kamayadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
“ИҚТИСОДИЁТ СОҲАЛАРИ УЧУН КАДРЛАР ТАЙЁРЛАШ ТИЗИМИНИ ТУБДАН
personmaftuna 12-03-24, 02:22Қарорга кўра , Тошкент давлат иқтисодиёт университети ( унга Тошкент молия институти ва Фискал институтни қўшиб олиш...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA
personmaftuna 16-12-24, 11:26Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun...
NIKOH SHARTNOMASI TUZISH AFZALLIKLARI
personmaftuna 12-12-24, 01:42Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan...