NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA HARAKATLANGANIDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?
Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida uning yo‘lovchi sig‘imiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yo‘lovchilar ularni yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar uchun bo‘shatishlari kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-sonli qaroriga muvofiq, yo‘lovchi hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yuki hamda musiqa asbobini, 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni, shuningdek qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni, aravachani (bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqalarning aravachalarini), mayda bog‘dorchilik inventari, bolalar chanalarini o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega.
Demak, ushbu qoidadan xulosa shuki nogironligi bo‘lgan shaxslar nogironlik aravachalarini o‘zi bilan transport vositalarida bepul olib yurish imkoniyatiga ega.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PEDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI
personmaftuna 17-02-24, 00:08“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–901-son, 01.02.2024-y.) bilan “Davlat boji to'g'risida”gi qonunga...
AHOLI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING INTELLEKTUAL MULK
personmaftuna 14-06-24, 16:242024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish...
ХОДИМЛАР ДАМ ОЛИШ ВА ОВҚАТЛАНИШ УЧУН ТАНАФФУСДАН ЎЗ
personmaftuna 30-01-25, 12:04Қонунчиликка кўра, иш куни давомида ходимга дам олиш ва овқатланиш учун давомийлиги камида 30 дақиқа ва кўпи билан 2...