IJRO INTIZOMINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA DAVLAT ORGANLARI RAHBARLARINING MA'SULIYATI YANADA OSHIRILADI
Farmon davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo'linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo'ysunuviga o'tkaziladi; davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas'ul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi. Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish bo'yicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan; Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi. Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etiladi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL
personmaftuna 30-09-24, 02:27“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga...
KIMNI DAM OLISH KUNI ISHGA JALB ETISH MUMKIN EMAS?
personmaftuna 29-09-24, 15:26Xodimlarning ayrim toifalari uchun dam olish kunlari ishlashga cheklovlar belgilangan. Bular: homilador ayollar yoki...
XORIJIY KOMPANIYALARNING AKKREDITATSIYA PASPORTI TASDIQLANDI
personmaftuna 30-04-24, 00:33Vazirlar Mahkamasining 07.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida х orijiy tijorat tashkilotlarining vakolat...
