YER QA'RINI GEOLOGIK JIHATDAN O'RGANISH BO'YICHA ISHLARNI DAVLAT HISOBIGA OLISH TARTIBI BELGILANDI
Hukumat qarori (467-son, 26.07.2025-y.) bilan “Yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish bo'yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston hududida amalga oshirilayotgan yer qa'ri uchastkalarini geologik jihatdan o'rganish ishlari bilan bog'liq jarayonlarni davlat hisobiga olish tartibini belgilaydi. Yer qa'rini davlat tomonidan geologik jihatdan o'rganish ishlari tizim tashkilotlarining tegishli ma'lumotlarni Yer qa'ridan foydalanish markaziga “Geomonitoring” axborot tizimi orqali buyurtma asosida tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali davlat hisobiga olinadi. Yer qa'ridan foydalanish markazi buyurtma kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida buyurtmani va unga ilova qilingan ma'lumotlar taqdim etilganligini tekshiradi. Hujjatlar to'liq taqdim etilgan taqdirda, buyurtmani “Geomonitoring” axborot tizimida tegishli tartib raqam bilan hisobga oladi va tizim tashkilotlarini xabardor qiladi. Yer qa'ridan foydalanuvchilar yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish ishlarini davlat hisobiga olingani to'g'risidagi xabar olingan kundan boshlab yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish ishlarini amalga oshirishga asos bo'ladi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL
personmaftuna 29-06-24, 06:46Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til...
STAJOR - O‘QITUVCHI
personmaftuna 28-03-24, 02:23O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024-yildagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy o‘rta...
MA’MURIY SUDLARGA MUROJAAT QILISHDA DAVLAT BOJI BEKOR
personmaftuna 08-02-24, 09:37Fuqarolar mansabdor shaxslarning harakatlari, harakatsizliklari, qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda...