Kuzatuvchi » Siyosiy » STAJOR - O‘QITUVCHI

STAJOR - O‘QITUVCHI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024-yildagi 87-son  qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etilishi belgilangan.

Bunda asosan, kasbiy sertifikat olganidan so‘ng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan ko‘p yil davomida uzilishlar bo‘lgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Stajor-o‘qituvchi ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat ichida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Talabgor nazorat sinovlariga Vazirlik tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida jalb etiladi. Kasbiy sertifikatlash jarayoni Vazirlik tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o‘z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko‘rsatayotgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining rahbari mas’ul hisoblanadi.

Talabgorning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida kasbiy sertifikat olishi lozim.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

MANFAATLAR TO'QNASHUVINI ANIQLASHDA FAOL YORDAM BERGAN

personmaftuna 30-09-24, 22:38
0 MANFAATLAR TO'QNASHUVINI ANIQLASHDA FAOL YORDAM BERGAN SHAXSLAR MUKOFOTLANADI

Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7499) 2024-yil yakunigacha “E-anticor.uz” elektron platformasida...

ФАРЗАНДЛИККА ОЛИШНИ БЕКОР ҚИЛИШ АСОСЛАРИ ҚАНДАЙ?

personmaftuna 14-12-24, 11:55
0 ФАРЗАНДЛИККА ОЛИШНИ БЕКОР ҚИЛИШ АСОСЛАРИ ҚАНДАЙ?

Фарзандликка олиш агар фарзандликка олувчилар: ўз зиммаларига юклатилган мажбуриятларни бажаришдан бўйин товлаётган ёки...

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSIDA VOYAGA

personmaftuna 30-09-24, 12:11
0 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSIDA VOYAGA YETMAGANLAR UCHUN JAZO TIZIMI VA UNI TAYINLASH QANDAY BO‘LADI?

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV-bobida Jazo turlari va jazo tizimi ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston...

menu
menu