QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL QILISH JARAYONI RAQAMLASHTIRILADI
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo'shimcha choralari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-165-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, O'zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so'mdan yuqori bo'lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko'rib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi tashkil etiladi.
Shuningdek, quyidagi tartiblar o'rnatiladi:
2025-yil 1-yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat ko'rsatkichlarini hisobga olishga) o'tiladi;
2024-yil 1-iyuldan obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma'lumotlari asosida shakllantiriladi;
2024-yil 1-oktabrdan qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DAVLAT XIZMATCHISI TADBIRKOR YOKI UNING MUASSISI BO‘LISHI
personmaftuna 20-10-24, 14:53(O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq...
O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT
personmaftuna 24-03-24, 17:49Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar...
QIZIL KITOBGA KIRIRTILGAN HAYVONNI OVLASH JINOIY
personmaftuna 19-11-24, 22:51Qonunchilikka ko‘ra, ov qilish yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo‘qolib...