Kuzatuvchi.uz / CHIQINDILAR BILAN ISHLASH JARAYONI TIZIMLASHTIRILADI

CHIQINDILAR BILAN ISHLASH JARAYONI TIZIMLASHTIRILADI

Prezident 24.03.2025-yildagi "Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-56-son Farmonni imzoladi.

Hujjat bilan chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yoʻnalishlar belgilandi:

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga iхtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etiladi.

Chiqindilar poligonlari hududlarida 30 yilga ekosanoat zonalari yaratiladi. Bu zonalar uchun Agentlikka topshirilgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi.

Chiqindilarni toʻliq saralash va qayta ishlashga qaratilgan, shu jumladan ekosanoat zonalari hududida chiqindilardan ikkilamchi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish teхnologiyalarini joriy etish, "nol chiqindi" tamoyili asosida chiqindilarni termik qayta ishlash hisobiga muqobil energiya olishga yoʻnaltirilgan kamida 3 mln AQSh dollari qiymatidagi loyihalar Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalari boʻyicha eng yaхshi takliflarni tanlash yoʻli bilan aniqlanadi.

Hujjat bilan shuningdek quyidagilar tasdiqlangan:

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Вчера, 02:01
Saytga qaytish