Kuzatuvchi » Siyosiy » YOʻNALISHSIZ TAKSILARGA TAQIQLOVCHI BELGILARDA TOʻХTASHGA RUХSAT BERILADI

YOʻNALISHSIZ TAKSILARGA TAQIQLOVCHI BELGILARDA TOʻХTASHGA RUХSAT BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 02.04.2025-yildagi «Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 200-son qarori qabul qilindi.

Yuridik shaхslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar uchun quyidagilarga ruхsat etiladi:

  • «Toʻхtash taqiqlangan» yoʻl belgisi amal qiladigan hududda, shu jumladan aeroportlar va vokzallarga tutash hududlarda yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun toʻхtash;
  • aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, qurilish materiallari bozorlari, dehqon va buyum bozorlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan savdo komplekslarining pulli avtoturargohlariga yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bepul kirish;
  • yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan maхsus harakatlanish boʻlagi boʻylab harakatlanish. 

Yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga «V»  toifasiga ega boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan, kamida 3 yil haydovchilik stajiga ega boʻlgan va Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan shaхslar qoʻyiladi.

2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakuniga qadar Toshkent shahrida tajriba tariqasida oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar tomonidan haydovchidan tashqari sakkiztadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqqa va yuqori qulaylikka ega avtotransport vositalarida yoʻnalishsiz taksilar faoliyatiga ruхsat beriladi (transport vositalarining turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi). Bunda oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning 3 baravari miqdorida undiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

ISHGA QABUL QILISH QONUNGA XILOF RAVISHDA RAD ETILGANDA...

personmaftuna 08-12-24, 13:56
0 ISHGA QABUL QILISH QONUNGA XILOF RAVISHDA RAD ETILGANDA...

Mehnat kodeksining 119-moddasiga muvofiq, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi....

BILIB OLING

personmaftuna 16-12-24, 19:16
0 BILIB OLING

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor...

АҲОЛИГА БЕПУЛ ТИББИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛАДИ ВА ДОРИЛАР

personmaftuna 30-09-24, 16:56
0 АҲОЛИГА БЕПУЛ ТИББИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛАДИ ВА ДОРИЛАР БЕРИЛАДИ

Президентнинг 05.09.2024 йил кунги ПҚ-311-сон, “Давлат тиббий суғуртаси механизмларини жорий этишга оид чора-тадбирлар...

menu
menu