Kuzatuvchi » Siyosiy » ENERGIYA SAMARADORLIGI MILLIY AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

ENERGIYA SAMARADORLIGI MILLIY AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

Prezident tomonidan 27.03.2025-yildagi "Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari хizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-63-son Farmon imzolandi.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi – energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada ragʻbatlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish.

2025-yil 1-iyuldan boshlab aholi uy-joylarining energiya auditini oʻtkazish хarajatlari hamda quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizini va issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining 40 foizini, lekin BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi.

Agentlik huzurida byudjetdan tashqari Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi. 2025-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun teхnologiyalar energiya samaradorligining "yashil" standartlarini joriy etish rejalashtirilgan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

RAQAMLI DALILLARNI SUDGA TAQDIM ETISH TARTIBI TASDIQLANDI

personmaftuna 11-12-24, 10:54
0 RAQAMLI DALILLARNI SUDGA TAQDIM ETISH TARTIBI TASDIQLANDI

Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka raqamli dalillar tushunchasi kiritilmoqda. Raqamli...

ИШ БЕРУВЧИЛАРГА ТЎСИҚ БЎЛАЁТГАН ЖАВОБГАРЛИК ЧОРАЛАРИ БЕКОР

personmaftuna 26-09-25, 17:55
0 ИШ БЕРУВЧИЛАРГА ТЎСИҚ БЎЛАЁТГАН ЖАВОБГАРЛИК ЧОРАЛАРИ БЕКОР ҚИЛИНАДИ

“Меҳнат муносабатлари ва касбга тайёрлаш тизимини такомиллаштириш ҳамда иш берувчиларни рағбатлантиришга оид қўшимча...

TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

personmaftuna 21-02-25, 09:33
0 TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti 16.10.2024 - yilda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada...

menu
menu