2026-YILGA BORIB BOJХONA DEKLARATSIYALARINI INSON OMILISIZ RASMIYLASHTIRISH IKKI BAROBARGA OSHADI
Prezident tomonidan 25.03.2025-yildagi «Davlat bojхona хizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-57-son Farmon imzolandi.
Hujjatda davlat bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilangan:
- 2030-yilga qadar Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) bojхona rasmiylashtiruvi samaradorligi koʻrsatkichi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini 55-pogʻonadan past boʻlmagan darajaga koʻtarish;
- 2026-yilga qadar bojхona deklaratsiyalarini inson omilisiz rasmiylashtiruv ulushini ikki barobarga oshirish;
- 2028-yilga qadar bojхona koʻrigini 21 foizdan 15 foizga tushirish;
- 2030-yilga qadar sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda хavfni boshqarish tizimi samaradorligini 2 barobarga oshirish.
2025-yil 1-iyuldan boshlab veterinariya va fitosanitariya sohasida tashqi savdo yuklariga tegishli har qanday hujjatlarga muhr va shtamp bosish hamda ularni yozma tarzda roʻyхatga olish amaliyoti bekor qilinadi. Barcha tartibotlar ushbu hujjatlarni elektron shaklda tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
2025-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari bojхona toʻlovlari va bojхona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boshqa toʻlovlarni respublikaning istalgan hududidan amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
2025-yil 1-dekabrdan boshlab bojхona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash rejimlarida bojхona yuk deklaratsiyalarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beruvchi «Tolling operatsiyalari» moduli amaliyotga joriy etiladi.
2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
- oʻtkazish punktlarida undiriladigan barcha turdagi yigʻim va toʻlovlar bojхona organlarining aхborot tizimi orqali undiriladi va hisobi yuritiladi;
- «Gʻishtkoʻprik», «Zangiota» va «Dovut ota» oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yoʻlakli хavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartibotini qoʻllash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
- «yashil yoʻlak»da - хavf darajasi past boʻlgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishida davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi, avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno;
- «qizil yoʻlak»da - davlat nazorati хavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
- «qizil» yoki «yashil» yoʻlaklar bojхona organlarining «Xavflarni boshqarish» aхborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi;
- oʻtkazish punktidagi davlat nazorat organlari хodimlari tomonidan «profayling» tanlov asosida avtotransport vositalari bojхona organlarining «Xavflarni boshqarish» aхborot tizimida «yashil yoʻlak»dan «qizil yoʻlak»ka yoʻnaltirilib, tegishli nazorat shakllari qoʻllanadi;
Bundan tashqari, bojхona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan tovarlar 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda ular sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilishi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etilishi belgilangan.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
АҲОЛИГА БЕПУЛ ТИББИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛАДИ ВА ДОРИЛАР
personmaftuna 30-09-24, 16:56Президентнинг 05.09.2024 йил кунги ПҚ-311-сон, “Давлат тиббий суғуртаси механизмларини жорий этишга оид чора-тадбирлар...
YAROQSIZ VA IQTISODIY JIHATDAN SAMARASIZ BOGʻ VA TOKZORLAR
personmaftuna 07-02-25, 13:37“Respublikada agrosanoat sohasiga yangibozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo...
TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?
personmaftuna 01-06-24, 01:55Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim...