TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR KO'RSATISH TAKOMILLASHTIRILADI
“Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-175-son, 10.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimi joriy etiladi.
2024-yil 1-iyundan:
- tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo'lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko'rsatish tartibi joriy etiladi;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro'yxatga olinadi;
- tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
- xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi;
- profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
- tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo'limlariga joylashtiriladi;
- rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma'lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Raisa TIMOFEYEVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TUG‘ILISHNI QAYD ETISH TARTIBI VA MUDDATLARINI BILASIZMI ?
personmaftuna 28-06-24, 22:56O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 205-moddasiga asosan. Bolalarning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib,...
ТАДБИРКОРЛАРДАН 8 ТУРДАГИ ҲИСОБОТЛАРНИ ТАЛАБ ҚИЛИШ БЕКОР
personmaftuna 27-01-24, 23:38Президент қарори билан 2024 йилдан тадбиркорлардан талаб қилинадиган, ўзаро бир-бирини такрорловчи ва давлат...
O‘RINDOSH ASOSIDA ISHGA KIRAYOTGANDA QANDAY HUJJATLAR KERAK
personmaftuna 30-09-24, 22:06Mehnat kodeksining 434-moddasiga ko‘ra, asosiy ish joyidan tashqari boshqa ish beruvchiga o‘rindoshlik asosida ishga...