Kuzatuvchi » Siyosiy » TOMORQA UCHASTKALARIDAN OQILONA FOYDALANISH BOʻYICHA CHORALAR TASDIQLANDI

TOMORQA UCHASTKALARIDAN OQILONA FOYDALANISH BOʻYICHA CHORALAR TASDIQLANDI

Vazirlar Mahkamasining 28.03.2025-yildagi «Aholi tomorqalari va dehqon хoʻjaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 191-son qarori qabul qilindi.

Dehqon (fermer) хoʻjaliklari va tomorqa uchastkalaridagi boʻsh yer maydonlari toʻgʻrisidagi ma’lumot «Onlayn Mahalla» platformasida onlayn rejimda shakllantiriladi. 2025-yil 1-iyunga qadar aholi tomorqalarining yer maydonlari toʻliq хatlovdan oʻtkazilishi yakunlanadi va ularning hisobi yuritiladi.

Namunali mahallalar joylashadigan tuman (shahar)lardagi tomorqa uchastkalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqichma-bosqich bir хil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish uchun oʻtkaziladi. Ekin va mahsulotlarni yetishtirish reja-grafigi joriy yilning 10-apreliga qadar tasdiqlanadi.

Muvaffaqiyatli tadbirkorlar yuqori daromadli, sifatli urugʻ va koʻchatlarni yetkazib berish, ekish va ijara asosida ajratilgan har bir yer uchastkasidan samarali foydalanishni tashkil etadilar.

Joriy yilning may oyiga qadar mahallalarda amalga oshiriladigan «yashil» va resurs tejamkor loyihalarning manzilli roʻyхati tasdiqlanadi.

Tomorqa uchastkalarida shuningdek yengil konstruksiyali issiqхonalar, intensiv bogʻlar, tokzorlar, anorzorlar, gulchilik va koʻchatchilik plantatsiyalarini yaratish, yuqori rentabelli va eksportbop qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish rejalashtirilgan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTON VA MO‘G‘ULISTON O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI

personmaftuna 08-08-25, 14:05
0 O‘ZBEKISTON VA MO‘G‘ULISTON O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI KELISHUVLAR AMALGA OSHIRILADI

“Mo'g'ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni...

МАКТАБЛАРДА РАҲБАР ХОДИМЛАРНИНГ ДАРС СОАТЛАРИ ВАКАНТ

personmaftuna 27-03-24, 00:25
0 МАКТАБЛАРДА РАҲБАР ХОДИМЛАРНИНГ ДАРС СОАТЛАРИ ВАКАНТ СИФАТИДА КЎРСАТИЛИШИ КЕРАКМИ?

Ҳақиқатдан ҳам шундай, раҳбар ходимларнинг соатлари вакант сифатида чиқарилади. Вазирлар Маҳкамасининг 2005 йил 21...

MAHALLALARDA FUTBOL LIGASI OʻTKAZILADI

personmaftuna 05-05-24, 12:25
0 MAHALLALARDA FUTBOL LIGASI OʻTKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024-yildagi PQ-136-sonli Mahallalarda futbol ingfratuzilmasini...

menu
menu