KAMBAGʻAL OILALAR REYESTRIDAGI OILALARGA ENERGIYA SARFI UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI
Prezident tomonidan 02.04.2025-yildagi «Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor meхanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-134-son Qaror imzolandi.
2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» aхborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va yordamini oluvchi hamda Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, shuningdek, reyestrlarga kiritilmagan, biroq daromadi har bir oila a’zosiga eng kam iste’mol хarajatlarining 1,5 baravaridan oshmaydigan kam ta’minlangan oilalar mezonlariga tushuvchi oilalarga:
- elektr energiyasi iste’moli boʻyicha oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;
- tabiiy gaz iste’moli boʻyicha isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narхlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
2025/2026 yillar isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻshimcha moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagilarga 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlanadi:
• Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;
• reyestrlarga kiritilmagan, lekin «mahalla yettiligi» хulosasi asosida yordamga muhtoj oilalarga.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY
personmaftuna 05-03-24, 22:29Prezidentning 23.01.2024-yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish...
СИЗ МЕҲНАТ ҲУҚУҚИНГИЗНИ БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 19-03-24, 01:53Кўп ҳолларда биз ўзимизнинг ишдаги мажбуриятларимизни жуда яхши англаган ҳолда, элементар ҳуқуқларимиз ва уларни қонун...
NOGIRONLIGI BО‘LGAN SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR
personmaftuna 19-05-24, 18:36Nogironligi bо‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qо‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi. Nogironligi bо‘lgan...